AsosiyJamiyat

Toshkent drenajini tuzatish uchun 700 million ajratiladi

'Toshkent drenajini tuzatish uchun 700 million ajratiladi'ning rasmi

Toshkent shahrida yog`ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlarning oldini olish maqsadida drenaj va kollektorlarni (irrigasiya tizimini) ta`mirlash va beton quvur yotqizish ishlarini amalga oshirish uchun 700 million so`m pul ajratiladi

Bu haqda Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov qaror imzolagan.

Qarorga ko`ra, pullar mahalliy byudjetning zaxira jamg`armasi mablag`lari hisobidan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni ta`mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga beriladi.

So`nggi kunlardagi yomg`irlar oqibatida Toshkent ko`chalari suv ostida qolgandi. Buni poytaxt hokimligi ko`p yomg`irga tayyor emasligi bilan izohlagandi.

    Boshqa yangiliklar