AsosiyJamiyat

“O`zingiz va farzandlaringiz kelajagiga ta`sir qiladigan bu jarayonda sizning ham ovozingiz bo`lsin” (video)

'“O`zingiz va farzandlaringiz kelajagiga ta`sir qiladigan bu jarayonda sizning ham ovozingiz bo`lsin” (video)'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev Konstitusiyaga kiritilayotgan muhim o`zgarishlar haqida gapirib, aholini referendumda ishtirok etishga chaqirdi.

“Konstitusiya darajasida erni xususiy mulk sifatida e`tirof etilishi fuqarolar va tadbirkorlarning o`zlariga tegishli bo`lgan huquqlarini qonun doirasida mustahkamlanishini anglatadi.

Bu huquqning Konstitusiyada aks etishi, kelajakda mamlakatimizda millionlab yangi mulkdorlar qatlamini paydo bo`lishiga er bozorini rivojlantirishga va eng asosiysi erdan samarali foydalanishni va bu orqali iqtisodiy o`sishga erishishga zamin yaratadi.

O`zingiz va farzandlaringiz kelajagiga ta`sir qiladigan bu jarayonda sizning ham ovozingiz bo`lsin”, degan deputat o`zining videomurojaatida.

    Boshqa yangiliklar