AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da yonib ketgan yuk mashinasi ichida haydovchi qolib ketib, halok bo`lgani ma`lum bo`ldi

'"Qamchiq"da yonib ketgan yuk mashinasi ichida haydovchi qolib ketib, halok bo`lgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Xabar berilganidek, bugun soat 11:10 da “Toshkent-O`sh” xalqaro avtomobil yo`lining 259-kilometrida Qamchiq dovoniga o`tuvchi yo`lda yuk mashinasi va uchta engil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. 

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, to`qnashuv natijasida lak-bo`yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Yong`in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga etib borib, 25 daqiqa ichida yong`inni o`chirishgan.

Ushbu hodisa natijasida 6 kishi jabrlangan, ular eng yaqin tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Yong`in to`liq o`chirilgandan so`ng yuk mashinasining haydovchisi vafot etgani ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar