AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQShning amaldagi etakchisi Jo Bayden bilan raqobatlashganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu fikrni Fox News boshlovchisi Taker Karlson bildirdi. U bu voqeani “mamlakat tarixidagi saylovlarga eng ochiq aralashuv” deb atadi.
Unga ko`ra, Tramp yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga qarshi chiqishni rejalashtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. "Agar Donald Tramp 2020 yilda iste`foga chiqqanida, unga bugun ayblov qo`yilgan bo`larmidi? Albatta, yo`q", deb ta`kidladi Karlson.
Shuningdek, u Trampga 34 ta band bo`yicha ayblov qo`yilgan bo`lsada, aslida bu respublikachiga “34 marta ayblov qo`yilgan” yagona jinoyat ekanligini ta`kidladi.
Donald Tramp 4 aprel, kuni Tramp tashkilotining moliyaviy ma`lumotlarini soxtalashtirish bilan 34 ta ayblov qo`yildi. Bu qoidabuzarlik ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq emas, lekin boshqa jinoyatni yashirish uchun qalbakilashtirish amalga oshirilsa, u og`irlashadi. Prokuratura ma`lumotlariga ko`ra, shu yo`l bilan Tramp 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida sodir etilgan qonunbuzarliklarni yashirishga uringan.
Ayblovlarning umumiyligiga asoslanib, Tramp maksimal 136 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tramp esa barcha ayblovlarni rad etmoqda. "Men qilgan yagona jinoyat - bu mamlakatimizni uni yo`q qilmoqchi bo`lganlardan qo`rqmasdan himoya qilishdir", dedi Tramp Mar-a-Lagoda yig`ilgan tarafdorlariga.






