AsosiyJamiyat

Turkiston va Nurafshon o`rtasida muntazam turistik avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Turkiston va Nurafshon o`rtasida muntazam turistik avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Toshkent viloyatiga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida qo`shni Qozog`iston Respublikasi Turkiston viloyati hamda Nurafshon shahri o`rtasida muntazam turistik avtobuslar qatnovini yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida Toshkentda o`tkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida 30 ga yaqin xorijiy davlatlar bilan 15 millon dollar miqdoridagi shartnomalar imzolanib, 500 ga yaqin kelishuv va bitimlar tuzilgan edi.

Endilikda avtobus yo`lga qo`yiladigan turizm qatnovlari evaziga yiliga 10 ming nafar sayyohlar almashinuvi amalga oshirilishi kutilmoqda. 

Ma`lumot uchun: bugungi kunda, viloyatda 59 ta turagentliklar, 34 ta mehmonxonalar, 907 ta oilaviy mehmonxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. Natijada turistlar oqimi 265 mingta va ichki turizm 1,5 million nafarga etkazilib, xizmatlar eksporti 79 million dollarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, turistlarning sayyohat kunlarini uzaytirish maqsadida “Oltin xalqa” konsepsiyasi doirasida besh kunlik tur marshurt ishlab chiqildi. 

Bunda turizm salohiyati yuqori bo`lgan Bo`stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi va u keyinchalik viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.

    Boshqa yangiliklar