AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva oliy ta`lim vaziri bilan Qo`qondagi institutda sodir bo`lgan voqea xususida gaplashdi

'Saida Mirziyoeva oliy ta`lim vaziri bilan Qo`qondagi institutda sodir bo`lgan voqea xususida gaplashdi'ning rasmi

Avvalroq, Qo`qon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera o`rnatilgani haqida xabar berilgan edi. 

Ma`lum bo`lishicha, qizlar moslamadan shubhalanib uni echib olishgan va mutaxassislarga ko`rsatishganida bu yashirin kamera ekanligi, uning 128 GB xotirasi borligi va yozib olingan ma`lumotlarni onlayn uzatish imkoniyatiga egaligi ma`lum bo`lgan. Kamera xotirasiga qizlarning kiyimsiz videolari va boshqa holatlar yozib olingan.

Ayni paytda muhokamalar markazida bo`lib turgan masalaga Prezident administrasiyasi sho``ba mudiri Saida Mirziyoeva e`tibor qaratdi. Mirziyoeva Oliy ta`lim fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov  bilan mazkur masalani muhokama qildi. 

"Qo`qon pedagogika institutida sodir bo`lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo`ravonliklarning oldini olish choralarini muhokama qildik.

Ta`lim tizimi har qanday zo`ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo`lgan asosiy platformalardan biridir", - deydi Saida Mirziyoeva. 

 

 

    Boshqa yangiliklar