AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aholini arzon uy-joy bilan ta`minlash uchun qurilish tannarxi pasaytiriladi

'O`zbekistonda aholini arzon uy-joy bilan ta`minlash uchun qurilish tannarxi pasaytiriladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida “Yangi O`zbekiston” massivlarida uy-joy qurilishi va 2023 yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo`yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda aholini arzon uy-joy bilan ta`minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida ta`kidlandi. Shu maqsadda:

2025 yilga qadar yog`och, fanera, yog`ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;

yuqori markali sement bo`yicha bojxona boji imtiyozini yana 1 yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);

pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qo`yish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;

banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;

quruvchilarga kafillik va kompensasiya to`lash tartibini takomillashtirish;

aholiga o`z uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib ta`mirlashiga 10 yilga 16,5 foizdan 80 million so`mgacha kredit berishga qaror qilindi.

    Boshqa yangiliklar