AsosiyDunyo

Isroil kuchlari Al-Aqso masjidining namozxonasiga hujum qildi (video)

'Isroil kuchlari Al-Aqso masjidining namozxonasiga hujum qildi (video)'ning rasmi

Kecha, 4 aprel kuni kechqurun Isroil kuchlari Quddusdagi Al-Aqso masjidining namozxonasiga bostirib kirdi. U erdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o`qlar va boshqa vositalar yordamida hujum qilgan. Bu haqda Falastinning “WAFA” agentligi xabar berdi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, masjidga bostirib kirgan Isroil xavfsizlik kuchlari dubinka va miltiq dastalaridan ham foydalangan.

Falastin asirlari ishlari bo`yicha qo`mita voizi Riyod al-Ashkar jurnalistlarga bergan ma`lumotiga ko`ra, Isroil Al-Aqsoda uyushtirgan reyd natijasida 200 dan ortiq falastinlikni qo`lga olgan. Unga ko`ra, qo`lga olinganlar Isroilning Quddusdagi Anatadagi harbiy bazasiga o`tkazilgan.

 

    Boshqa yangiliklar