Shaxmat bo`yicha “Chessable Masters” xalqaro turniri bahslari davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o`zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov g`oliblik uchun kurashyapti.
Pley-off tizimida o`tayotgan turnirning 1/4 finalida Nodirbek hindistonlik Arjun Erigaisini 2,5 : 1,5 hisoblarida mag`lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo`l oldi.
Bugun, 5 aprel kuni Abdusattorov musobaqaning 1/2 finalida rossiyalik Denis Lazavikka qarshi bahs olib boradi. G`olib shaxmatchi turnirning final bosqichiga chiqadi.






