AsosiyJamiyat

Bugun ham yomg`irli ob-havo hukmron bo`ladi

'Bugun ham yomg`irli ob-havo hukmron bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Harorat 15-20° bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Baland tog`larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar