AsosiyDunyo

Finlyandiya NATOga a`zo bo`ldi

'Finlyandiya NATOga a`zo bo`ldi'ning rasmi

Finlyandiya 4 aprel kuni rasman NATOning 31-a`zosi bo`ldi

Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida Finlyandiya vakili NATO bosh kotibi Ens Stoltenbergga a`zo bo`lish to`g`risidagi arizani, boshqa ishtirokchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari esa bunga roziligini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi. Shu paytdan boshlab mamlakat rasman alyansning 31-a`zosiga aylandi.

Finlyandiya bilan birgalikda Shvesiya ham NATOga a`zo bo`lish uchun ariza topshirdi. Bu davlat Turkiyaning qarshiligi tufayli hali alyansga a`zo bo`lgani yo`q. Sababi Anqara Stokgolmni kurd radikallariga qarshi etarlicha kurashmayotganini ma`lum qildi.

NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg esa Shvesiya ham Finlyandiya kabi NATOga a`zo bo`lish uchun barcha shartlarni bajarganini va uning alyansga kirishi yo`lida hech qanday to`siq bo`lmasligi kerakligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar