DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2022 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.
Unda 1977 y.t. T.M. va 1978 y.t. F.F. ushlanib, ulardan 220 gr. "gashish" giyohvandlik vositasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan hamda holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Sud hukmiga ko`ra, ushbu fuqarolar Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasining 5-qismi bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.






