AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mart oyida 21,9 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

'O`zbekistonda mart oyida 21,9 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning mart oyida Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya" va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 510 ta holatda 46,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Buning natijasida tizimga 21,9 mlrd so`m zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o`rtacha 231 mingta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi Farg`ona, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Misol uchun, Namangan viloyatidagi “M. S. S.” MChJga qarashli metal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda 1,6 mlrd so`m, Samarqand viloyatidagi “M. K.” MChJda 898 mln so`m, Farg`ona viloyatidagi “D. K.” MChJda 349 mln so`m miqdorida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar