AQShning janubiy va g`arbiy hududlarida yuz bergan kuchli tornado oqibatida halok bo`lganlar soni 26 kishiga etdi. Yana o`nlab insonlar jarohat olgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo`ron Arkanzas, Illinoys, Indiana, Tennessi, Alabama va Missisipi shtatlarini vayron qilgan.
AQSh Milliy ob-havo xizmati mamlakatning sharqiy qismiga soatiga 100 kilometrdan ortiq tezlikda esadigan shamol, momaqaldiroqlar yaqinlashib kelayotganini ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, bir hafta oldin Missisipi shtatida kuchli tornado sodir bo`lib, uning qurbonlari yigirmadan organdi.Yana o`nlab kishilar jarohatlangan.






