AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Xorazmda qizlar bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar bo`yicha Oliy sud kassasiya instansiyasi sudiga protest keltirilganligini aytdi

'Bosh prokuratura Xorazmda qizlar bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar bo`yicha Oliy sud kassasiya instansiyasi sudiga protest keltirilganligini aytdi'ning rasmi

Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.

Prezident administrasiyasi sho`ba mudiri Saida Mirziyoeva holat yuzasidan munosabat bildirib, Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e`tibor qaratib, sinchiklab o`rganishni va huquqiy baho berishni so`ragan edi.

Bosh prokuraturaning bayonotiga ko`ra, Xorazm viloyatidagi holat bilan bog`liq jinoyat ishi bo`yicha chiqarilgan sud hukmi va appelyasiya instansiyasining ajrimlari qonuniyligi o`rganilgan.  

29 mart kuni sudlangan A.Masharipov va A.Kuryazovlarga engil jazo tayinlanganligi va boshqa holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar