2016-yilning 4-5 oktyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Bryussel shahrida “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo vazirlar uchrashuvida hamda Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Evroittifoqning rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan.





