AsosiyJamiyat

Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

'Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent – Boku – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga to`rt marta – seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shanba va yakshanba kunlari HY755 Toshkent – Boku va HY756 Boku – Toshkent qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 07:35 da

Bokuga kelish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 09:30 da

Bokudan uchish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 10:30 da

Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 14:05 da

Toshkent – Boku yo`nalishi bo`yicha bagaj bilan aviachiptalar narxi 1 918 785 so`mdan, Toshkent – Boku – Toshkent yo`nalishida esa 3 874 470 so`mdan boshlanadi.

Ma`lumot uchun, joriy yilning 28 martidan boshlab Ozarbayjon mamlakatga kelayotgan fuqarolar uchun COVID-pasportlarini taqdim etish talabini bekor qildi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, "UzAirways" mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar