Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonov yangi lavozimga tayinlandi. Bu bo`yicha Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov qaror qabul qildi.
Qarorga ko`ra, bugundan boshlab Baxtiyor Sultonovich Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev ishdan bo`shatilgandan keyin vaqtinchalik Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.






