Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, chol hududlarda ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatiladi. Harorat 22-27° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog`li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko`chish havfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo`ladi.
28.03.2023 08:06
Bugun ba`zi hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin






