Toshkent viloyati Bo`ka tumanida murojaatchi bilan ishlashda yuzaga kelgan boshboshdoqlik Zoyir Mirzaev huzurida tanqidiy muhokama qilindi.
Joriy yil 24-mart kuni Nurafshon shahrida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaatidan kelib chiqib, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev shoshilinch yig`ilish o`tkazdi. Unda Bo`ka tumani “Yangibog`” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati nima sababdan sansolarlikka uchragani tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
"Aholi murojaatlari bilan rostgo`ylik, haqqoniy prinsiplariga muvofiq ish olib borish, ularning qonuniy haq-huquqlari ustivorligini ta`minlashga ko`maklashish, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashish – davlat nomidan faoliyat olib borayotgan shaxsning eng asosiy mezoni bo`lishi lozim", - dedi Zoyir Mirzaev.
Muhokama va o`rganish davomida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati bilan ishlashda Bo`ka tumanidagi ayrim mansabdorlar tomonidan mana shu mezonlar qo`pol ravishda buzilgani ma`lum bo`ldi.
Bo`ka tumani hokimligining umumiy bo`limi mudiri o`zini viloyat hokimining yordamchisi, deb tanishtirgan hamda murojaatchini yolg`on va`dalar bilan bir necha marta aldab kelgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi vaziyatni yumshatish, fuqaroga yordam berish o`rniga, shu vaqtgacha aldab kelgan. Shu tariqa ausionda yutib olingan erga bahorgi ekin ekish, erni tayyorlash kechikmoqda.
"Hammasi yolg`on gapiryapti, hech biri erni o`lchamagan. Sansolarlik bo`lyapti hokim buva. Bular meni ustimdan kulyaoti shuu nogironlik ahvolimda. Hokimlikka bkormay qo`yavering o`zimiz hal qilib beramiz degan edi", - dedi murojaatchi Muzaffar Haydarov.
Ushbu vaziyat bo`yicha mas`ullarga tegishlicha jazo choralari qo`llandi, 3 nafar mansabdor egalab turgan lavozimidan ozod qilindi.






