Ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov shu yilning yanvarida tergov organi tomonidan so`roqqa chaqirilgan g`aqida xabarlar tarqaldi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lumotlarga ko`ra, Agentlik boshlig`i A.Irmatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha ayb e`lon qilinib, hibsga olingan.
Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Xorijiy nashrlarda qayd etilishicha, Migrasiya agentligi mansabdorlariga qarshi ochilgan jinoyat ishi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo`zg`atilgan va 3 yanvar kuni agentlik binosida tintuv o`tkazilgan. Jinoyat ishi doirasida yana uch mulozim so`roqqa chaqirilgan, ularning ayrimlari hibsga olingan.
Shu yilning boshida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migrasiya agentligi ustidan nazorat qilishga mas`ul boshqarma boshlig`i qamoqqa olingan edi. U migrantlarga aviachipta ustiga narx qo`yib sotish orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanayotgandi.






