AsosiyJamiyat

Endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o`tkazish sud tomonidan hal etiladi

'Endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o`tkazish sud tomonidan hal etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun (O`RQ–825-son, 23.03.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Jinoyat kodeksiga jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum og`ir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), o`ta og`ir jinoyati uchun esa to`rtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismi edi) o`taganidan keyin qo`llanilishiga oid o`zgartish kiritildi.

Mazkur jinoyatlar uchun jazoni engilrog`i bilan almashtirish esa tegishli og`ir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda o`ta og`ir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) o`taganidan keyin qo`llaniladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qo`yildi.

Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.

Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar to`g`risida taqdimnoma kiritiladi:

- manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o`tkazish to`g`risida;

- manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar