Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko`ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma`muriy huquqbuzarliklar bo`yicha qo`llanilgan jarimani ixtiyoriy to`lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Unga ko`ra:
- huquqbuzar unga jarima solish to`g`risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to`lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to`lashdan ozod qilinadi;
- mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo`llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.






