AsosiyDunyo

Turkiyada vayron bo`lgan binolar uchun qo`lga olingan mas`ullar soni 113 nafarga etdi

'Turkiyada vayron bo`lgan binolar uchun qo`lga olingan mas`ullar soni 113 nafarga etdi'ning rasmi

Turkiyada zilzila oqibatida vayron bo`lgan binolar bilan bog`liq 62 kishini hibsga olingani haqida xabar bergan edik. 

Yangi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyaning 10 ta provinsiyasida Adliya vazirligi buyrug`i bilan zilzila bilan bog`liq jinoyatlarni tergov qilish bo`limlari ochildi, deya xabar beradi  Anadolu agentligi.

Turkiya vise-prezidenti Fuat O`ktayning ma`lum qilishicha, zilzila oqibatida vayron bo`lgan binolar bo`icha 131 nafar gumondor shaxs aniqlangan, ulardan biri hibsga olingan, yana 113 nafar kishini hibsga olish uchun order berilgan.

Avvalroq Turkiya Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar agentligi (AFAD) zilziladan 80 278 kishi jabr ko`rgani haqida xabar bergan edi. Voqea joyida kamida 218 406 nafar qutqaruvchi ishlamoqda.

Hafta boshida Qahramanmarash provinsiyasida sodir bo`lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar Adana, Adiyaman, Diyorbakir, Gaziantep, Hatay, Kilis, Malatiya, Usmoniya va Shanliurfa kabi 10 ta provinsiya bilan qo`shni Suriya va Livanda ham sezildi.

Bundan tashqari, mamlakat atrof-muhit, urbanizasiya va iqlim o`zgarishi vaziri Murat Kurum 10 viloyatdagi 171 882 ta bino tekshirilganini ma`lum qildi.

"Biz aniqladikki, 24 921 ta binodagi jami 120 940 ta inshoot qulagan, zudlik bilan buzishni talab qilgan yoki jiddiy shikastlangan", — dedi M. Kurum.

Bundan tashqari, 10 ta provinsiyadagi 122 279 ta bino juda kam zarar ko`rgan yoki umuman shikastlanmagan.

    Boshqa yangiliklar