Janubiy Koreya-O`zbekiston biznes assosiasiyasi direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligidagi ishbilarmonlar delegasiyasi Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliev bilan uchrashdi.
Muloqotda o`zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari borasida fikr almashildi. Tomonlar o`rtasida yo`lga qo`yilgan aloqalar natijasida qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarish, ta`lim, favqulodda vaziyatlar bilan kurashish, shuningdek, viloyatda Janubiy Koreya standartlaridagi shaharsozlik normalarini joriy etish borasida amaliy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv Janubiy Koreya bilan hamkorlikda viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish va maktabgacha ta`lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Muloqot davomida tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega bo`lgan "aqlli shahar" barpo etish loyihasi ham muhokama qilindi.






