Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida yo`lning belgilanmagan qismidan o`tib kelayotgan piyodani Spark avtomobili urib yubordi.
Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 10 fevral kuni soat 17:00 da sodir bo`lgan. 2002 yilda tug`ilgan Sh.Sh. Spark mashinasini Mustaqillik shox ko`chasida boshqarib ketayotganda, yo`lni begilanmagan qismidan kesib o`tayotgan piyoda B.N.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






