AsosiyDunyo

Turkiyada 6 fevraldagi zilziladan so`ng yana jami 2103 ta zilzila sodir bo`lgani aytildi

'Turkiyada 6 fevraldagi zilziladan so`ng yana jami 2103 ta zilzila sodir bo`lgani aytildi'ning rasmi

Turkiyaning  tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar  boshqarmasining (AFAD) 12 fevral holatiga ko`ra so`nggi ma`lumotlarni ma`lum qildi.

Unga ko`ra:

  • Qahramanmarashda sodir bo`lgan 7,7 magnitudali zilziladan so`ng hozirgacha jami 2103 ta zilzila sodir bo`ldi.
  • Zilzila zonasida olib borilayotgan qutqaruv ishlarida jami 218 406 nafar xodim hamda 12 487 ta avtomashina va zarur ish texnikalari xizmat ko`rsatmoqda.
  • ️Zilzila hududidagi 106 428 nafar fuqaro boshqa viloyatlarga evakuasiya qilindi.
  • Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bilan o`tkazilgan uchrashuvlar natijasida boshqa davlatlardan yordam berish maqsadida kelgan 8294 nafar xodim ofat hududiga yuborildi. Unda 70 ta samolyot, 114 ta vertolyot, 26 ta kema, 45 ta uchuvchisiz samolyot, 9 ta dron zilzila hududlarida xizmat qilmoqda.                     ️

Zilziladan jabr ko`rgan hududlarga Qizil Yarim oy jamiyati va Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 334 ta ko`chma oshxona, 33 ta ko`chma nonvoyxona va  86 ta umumiy ovqatlanish vositalari va 83 ta hammom/kir yuvish jihozlari etkazib berildi. Hududlardagi fuqarolarga sho`rva, issiq ovqat, egulik mahsulotlari va ichimliklar tarqatilmoqda.

  • Hududlarga 2174 nafar shaxsiy tarkib va   327 ta avtomashina psixo-ijtimoiy yordam ko`rsatish uchun jo`natildi.

Boshpana ehtiyoji uchun:

  • 175 960 ta chodir
  • 1 507 494 adyol zilziladan zarar ko`rgan hududlarga jo`natildi.

    Boshqa yangiliklar