AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda hokimlik xodimi 370 mln. so`m pora bilan qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda hokimlik xodimi 370 mln. so`m pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

DXX Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda IJQKD viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Yakkabog` tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs Yakkabog` tumanidagi ikkita maktabgacha ta`lim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd. 250 mln. so`mlik kapital ta`mirlash ishlarini amalga oshirish bo`yicha loyihani tenderda yutib berish evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo`lgan Yakkabog` tumani maktabgacha ta`lim bo`limi xodimi ham ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar