AsosiyJamiyat

50 nomdagi qariyb 814 ming o`ram farmasevtika mahsulotlariga sertifikat berish rad etildi

'50 nomdagi qariyb 814 ming o`ram farmasevtika mahsulotlariga sertifikat berish rad etildi'ning rasmi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmatining xabariga ko`ra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organiga bo`lgan murojaatlar asosida, joriy yilning yanvar oyi davomida yurtimizga import qilingan va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan farmasevtika mahsulotlari o`rnatilgan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o`tkazildi.

Ekspertiza natijasiga ko`ra, Germaniya, Hindiston, Vengriya, Gresiya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda O`zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 nomdagi 813815 o`ram, umumiy qiymati 27 mlrd so`mdan ortiq farmasevtika mahsulotlari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo`llash uchun yaroqsiz deb topildi va sertifikatlashtirilishi rad etildi. 

Ta`kidlash joiz, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sertifikatlash jarayonlari qat`iy nazoratga olingan bo`lib, har bir seriya alohida laborator tekshiruvlardan o`tkazilib, sifatsizligi aniqlangan farmasevtika mahsulotlarining erkin muomalaga chiqarilishini oldi olinmoqda.

    Boshqa yangiliklar