Adana Bosh prokuraturasi tomonidan shaharda zilzila tufayli vayron bo`lgan binolar bilan bog`liq tergov doirasida 62 kishini hibsga olish qarori chiqarildi.
Zilziladan zarar ko`rgan Adanada vayron bo`lgan binolarning bir qismini qurgan shirkat egasi Hasan Alparg`un Shimoliy Kiprning poytaxtida qo`lga olingan.
Shimoliy Kiprga ketgani ma`lum qilingan Alparg`un, polisiya bo`limiga taslim bo`lgan.
Davom etgan qidiruvlarda Alparg`unning Turkiyadan 990 ming dollar, 890 ming evro va 500 ming lira o`tkazishga harakat qilgani aniqlangan.
Gaziantepdagi zilzilada vayron bo`lgan Bahar kvartirasi vayronalarida texnik ekspertiza o`tkazilgan.
Tekshiruv natijasida e`tiborsizligi aniqlangan binoning pudratchisi Ibrohim Mustafo Unjuog`luning Istanbulda ekanligi aniqlangan va qo`lga olingan.






