Prezident farmoniga muvofiq Soliq qo`mitasi 2023 yil 1 oktyabrga qadar tajriba tariqasida QQS to`lash bo`yicha soliq uzilishi aniqlanganda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishi mumkin.
QQS bilvosita soliq bo`lib, xo`jalik yurituvchi subektlar uchun uning neytralligi hisob-kitob mexanizmi orqali ta`minlanishi sababli, tovar (xizmat)lar realizasiyasining har bir bosqichida soliq budjetga to`lanishi zarur.
Shuni amalga oshirish maqsadida imtiyozsiz soliq to`lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo`yicha tajriba o`tkaziladi.
Bu Evropa va MDH davlatlarida keng qo`llaniladigan butunjaxon amaliyotdir. Ushbu mamlakatlarning soliq ma`murchiligida tovar (xizmat)larni etkazib berish zanjirida QQS uzilishlari aniqlanganida, soliqni asossiz qoplashda nafga ega bo`layotgan benefisiarlarni aniqlash uchun bunday etkazib berish jarayonlarida ishtirok etgan barcha shaxslarga nisbatan qat`iy soliq nazorati tadbirlari o`tkaziladi.
Tajriba doirasida o`tkaziladigan soliq nazorati choralari ommaviy xarakterga ega bo`lmaydi.
Biroq, soxta tadbirkor - soliq to`lovchilar tomonidan QQSni budjetga to`lamaslik shart-sharoitlarining yaratilishi tovar (xizmat)larni etkazib berish zanjirining barcha ishtirokchilarini, hatto ular bilan bog`liq bo`lmagan insofli tadbirkorlarni, soliq huquqbuzarligi sodir etlishi mumkin bo`lgan xavf guruhiga kirib qolishiga olib kelmoqda.
Shu bois, soliq organlarining vazifasi haqiqiy benefisiarlar hamda ularga aloqador shaxslarni va noqonuniy qoplangan soliqlarni aniqlashdan iborat.
Bugungi kunda Soliq qo`mitasining soliq ma`murchiligini raqamlashtirish tajribasi qo`shilgan qiymatni yaratish va o`tkazish, shuningdek, QQSni budjetga to`lash zanjirining to`liq xaritasini shakllantirish imkonini beradi.
Ushbu imkoniyatdan kelib chiqib, soliq uzilishi ko`rsatkichini qo`llash faqat soliqdan qochishning agressiv usullariga murojaat qiladigan intizomsiz soliq to`lovchilarga nisbatan amalga oshiriladi.
Ta`kidlash joizki, manzilli ishlar firibgarlik sxemalardan foydalangan holda asossiz soliq nafi olish bilan bog`liq bo`lmagan insofli soliq to`lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish zarurligi ishbilarmon doiralar va professional jamoatchilik vakillari tomonidan ham bildirilgan.
Tajriba keng jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda o`tkaziladi va uning natijalari, jumladan, dastlabkilari OAVda yoritiladi.






