AsosiyDunyo

Quddusdagi teraktda 6 yoshli bola halok bo`ldi

'Quddusdagi teraktda 6 yoshli bola halok bo`ldi'ning rasmi

Isroil matbuoti xabarlariga ko`ra, ikki kishi, jumladan, 6 yoshli bola Quddusdagi terakt qurboni bo`ldi. Avtomobil katta tezlikda avtobus bekatiga borib urilgan. Yana olti kishi jarohatlangan.

Avtomobil haydovchisi voqea joyida otib o`ldirilgan. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, haydovchi Sharqiy Quddusdan kelgan 31 yoshli falastinlik ekan. Huquq-tartibot idoralari uning harakatini terakt sifatida baholadi. Terrorchining yaqinlari qo`lga olindi, uy esa muhrlab qo`yildi.

Shu bilan birga, Isroil matbuoti xabarlariga ko`ra, hujumchi ruhiy muammolarga duch kelgan. Ma`lum bo`lishicha shifoxonadan endigina chiqarilgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar