“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.






