Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 10 fevral kuni yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, soat 15:32 da “Sherboy Shaxzod” MChJga qarashli 3 ta qurilish materiallari savdo do`konlarining 75 kvadrat/metr maydonida yong`in sodir bo`lgan.
Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 15:36 da etib borib, soat 16:10 da batamom o`chirilgan. Hozirda yong`in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong`in qutqaruvchilarining sa`y-harakatlari natijasida 800 kvadrat/metr joy saqlab qolingan. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli mas`ullar etib borgan.






