Turkiyada 10 kunlik chaqaloq va uning onasi hamda 10 yoshli qizaloq vayronalar ostidan olib chiqildi. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi.
Turkiyaning 10 viloyatini qamrab olgan Qahramonmarashdagi zilzilalardan eng ko`p jabr ko`rgan Hatay viloyatida Yag`iz Ulash ismli 10 kunlik chaqaloq va uning onasi qutqarib olingan. Qayd etilishicha, ular vayronalar ostida 90 soatdan ortiq vaqt qolib ketgan. Ma`lum qilinishicha, qiz qutqaruvchilardan vayronalar ostidan olib chiqilgach, darhol sut berishni so`ragan.






