AsosiyDunyo

Qozog`iston chegarasini buzib Rossiyaga o`tayotgan o`zbekistonliklar qo`lga tushdi

'Qozog`iston chegarasini buzib Rossiyaga o`tayotgan o`zbekistonliklar qo`lga tushdi'ning rasmi

Qozog`istonda O`zbekistonning to`rt nafar fuqarosi Rossiya chegarasini kesib o`tmoqchi bo`lgan vaqtida qo`lga olindi, deb xabar berdi MXX matbuot xizmati.

Ma`lumotlarga ko`ra, 4 fevral kuni chegarachilar davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tishda gumon qilingan to`rt nafar o`zbekistonlikni qo`lga olgan. Erkaklar 2023 yil yanvar oyida O`zbekistondan Qozog`istonga qonuniy ravishda kelgan va Rossiyaga ishlash uchun ketishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, ushbu fuqarolarning Rossiyaga kirishi taqiqlanganligi munosabati bilan ular tungi vaqtda nazorat-o`tkazish punktlarini chetlab o`tib, kamuflyaj kostyumlaridan foydalangan holda chegarani kesib o`tishga urinishgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar