AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida avtomobillar harakati qayta tiklandi (video)

'"Qamchiq" dovonida avtomobillar harakati qayta tiklandi (video)'ning rasmi

Avvalroq, "O`zgidromet"ning axborotiga ko`ra, "Qamchiq" dovonida harakatlar vaqtincha to`xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Ob-havo keskin o`zgarib kuchli qor yog`ishi va O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 9 fevraldagi 103-son byulleteniga ko`ra, soat 13:30 da A-373 “M-39 Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining 228-253 km.lar oralig`ida qor ko`chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to`xtatilgan edi.

“Qamchiqavtoyo`l” IYFUK tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko`rilgan tezkor chora-tadbirlardan so`ng soat 23:30 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to`liq qayta tiklandi.



O`z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo`l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz”, — deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar