2023 yilning boshida O`zbekistonning aholisi 36,0 million kishini tashkil etdi. Bu o`tgan yildagiga nisbatan 753,6 ming kishi (2,1%) ko`p demakdir. Aholining bunday o`sishi asosan o`lim darajasining nisbatan pastligi va tug`ilish darajasining yuqoriligi bilan bog`liq. 2022-yilda 932,2 ming go`dak dunyoga kelgan.
Demografik prognozlarga ko`ra, 2035 yilgacha tug`ilishlar soni bir xil darajada saqlanib qoladi (o`rtacha 950-980 ming), aholi soni esa 45,6 million kishidan oshadi. 2035-yilga borib, aholining yosh tarkibidagi o`zgarishlar natijasida 18 yoshgacha bo`lgan yoshlar va mehnatga layoqat yoshidan kattalar soni mos ravishda 3,2 million va 2,3 million kishiga ko`payishi kutilmoqda.
Demografik dividend. 2022 yil boshiga kelib, dunyoda mehnatga layoqatli aholiga bolalar ta`siri ko`rsatkichi 41 nafarni, rivojlangan mamlakatlarda 25 nafarni tashkil etdi. Prognozlarga ko`ra, O`zbekistonda 2035-yilgacha demografik soliq to`lash xavfi kutilmaydi. Aholi sonining oshishi birinchi navbatda sog`liqni saqlash va ta`lim tizimiga ta`sir qiladi.
Sog`liqni saqlash. 2022 yil boshida respublikada 1281 ta shifoxona mavjud bo`lib, har 10 ming kishiga 46,9 ta shifoxona o`rni to`g`ri kelgan. Shuningdek, bir smenada 683 ming kishini qabul qiladigan 6676 ta ambulatoriya-poliklinika mavjud bo`lib, bu har 10 000 kishiga 197 nafarni tashkil etishini anglatadi. Ushbu muassasalardagi tibbiyot xodimlari soni 95,6 ming kishini tashkil etadi, ya`ni har 10 ming kishiga 27,1 nafar tibbiyot xodimi yoki bir shifokorga 369 nafar bemor to`g`ri keladi. 2035-yilga borib, aholining o`sishini hisobga olgan holda, fuqarolar salomatligini saqlash va mustahkamlash maqsadida ambulatoriya-poliklinikalar sonini 8450 taga etkazish zarur (bitta ambulatoriya-poliklinika 18500 kishiga mo`ljallangan).
Prognozlarga ko`ra, respublika aholisi yiliga o`rta hisobda 711,0 ming kishiga ko`payadi. O`sish shunday bo`lgan taqdirda ham shifokorlar va hamshiralar zimmasiga tushadigan yuklamaning ortib ketmasligi kutilmoqda. 2035-yilga borib, shifokorlar bilan ta`minlanish darajasi 10 ming kishiga 28,4 nafarni, hamshiralar bilan ta`minlanish darajasi esa 116,8 nafarni tashkil etadi.






