Joriy yilning 30 yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YaIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, avvalgidek, DXM va ichki ishlar organlariga bormaysiz, rasmga tushib ovora bo`lmaysiz, bir nechta hujjatlarga imzo qo`ymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.
Buning uchun my.gov.uz oqali buyurtma berasiz.
Buyurtmada:
- bo`sh qatorlar o`zingizga tegishli shaxsiy ma`lumotlar bilan to`ldiriladi;
- tegishli bandlar tanlanadi;
- yangi haydovchilik guvohnomasi etkazib beriladigan manzil ko`rsatiladi;
- mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo`yiladi;
So`ngi qadamda invoys shakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so`m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so`m to`lov amalga oshiriladi.
Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani ko`rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.
Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo`yicha etkaziladi va Sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi.
Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonini DXMga topshiradi.






