AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir yilda 500 nafarga yaqin shaxs voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan

'O`zbekistonda bir yilda 500 nafarga yaqin shaxs voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan'ning rasmi

2022 yilda O`zbekistonda 500 nafarga yaqin shaxs voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik uchun jazoga tortilgan. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, ulardan 23 nafari — 14 yoshga etmagan shaxsning nomusiga tekkan (O`zR JK 118-modda 4 qismi), va undan to`rt barobar ko`pi — 99 nafari — o`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish (O`zR JK 119-m 4-q) holatlari.

249 nafar shaxs 16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan (O`zR JK 128-m).

7 nafar shaxs O`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan (O`zR JK 128-1-m.).

91 nafar shaxs O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyasiz-buzuq harakatlar qilgani uchun jazolangan (O`zR JK 129-m.).

    Boshqa yangiliklar