AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`yicha bir sutkada 32 nafar egizak dunyoga keldi

'O`zbekiston bo`yicha bir sutkada 32 nafar egizak dunyoga keldi'ning rasmi

 Joriy yil 25 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 26 yanvar 08:00 gacha Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma`lumotlar kelib tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“103” xizmati:
- 2 750 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatdi.
- “Tez yordam”ga 31 922 ta chaqiriq kelib tushdi.

Eng ko`p chaqiriqlar:
- Farg`ona viloyati — 3 924 ta,
- Toshkent shahri — 3 382 ta,
-  Andijon viloyati — 3 171 ta,
-  Toshkent viloyati — 3 096 ta,
- Surxondaryo viloyati — 3 018 ta.

 Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 3 147 ta murojaat kelib tushdi. 

  Bemorlardan 922 nafari gospitalizasiya qilindi.
Sutka davomida jami 2 284 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:

  • 1184 nafari — o`g`il;
  • 1100 nafari — qiz. 
  • Ushbu go`daklardan 32 nafari — egizak.

Eng ko`p tug`uruq qayd etilgan hududlar:
 - Samarqand viloyati — 242 nafar, 
- Farg`ona viloyati — 237 nafar,
- Qashqadaryo viloyati — 231 nafar,
- Surxondaryo viloyati — 223 nafar,
- Namangan viloyati — 215 nafar.
​​​​​​

    Boshqa yangiliklar