AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangidan quriladigan ko`p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob`ektlarida energiyatejamkor materiallardan foydalanishda majburiy tartib o`rnatiladi

'O`zbekistonda yangidan quriladigan ko`p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob`ektlarida energiyatejamkor materiallardan foydalanishda majburiy tartib o`rnatiladi'ning rasmi

Avvalroq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshiriqlariga asosan ayni paytda Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida mamlakatimizda davom etayotgan anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik. 

Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi (Zakirov) endilikda yangidan quriladigan ko`p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob`ektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo`lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi.

Bu borada energiyatejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko`paytirishga ham e`tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda respublikamizda jami 13,2 ming tonna bazalt xomashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yillik ehtiyoj (5 mln m kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmaydi.

Shu bois, O`zsanoatqurilishbank (Annaklichev) “O`zsanoqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylarda bazalt xomashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko`paytirish bo`yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta`kidlandi.

“O`zeltexsanot” uyushmasi (Yunusov) ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo`yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar