AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda er-xotin is gazida zaharlanib vafot etdi

'Kattaqo`rg`onda er-xotin is gazida zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 yanvar kuni Kattaqo`rg`on tumani Oltinsoy qishlog`ida yashagan 26 yoshli erkak va uning 18 yoshli turmush o`rtog`i yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Kattaqo`rg`on tumani IIB va tibbiyot birlashmasiga ham kelin-kuyov vafot etganliklari haqida xabar kelib tushmagan.

Marhumlarning yaqinlari ushbu holat haqida ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlarga xabar bermaganliklari aniqlangan.

Tekshirish davomida Kattaqo`rg`on tuman IIB, tuman hokimligi Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash bo`limi, tuman Oila va xotin qizlar bo`limi hamda "Samarqand hududgaz" korxonasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Kattaqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, marhumlarning o`lim sabablariga aniqlik kiritilmoqda.  

Tekshirish harakatlari davom etmoqa

    Boshqa yangiliklar