AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Ichki ishlar organlari kasbiy xalq tuzilmasiga aylantiriladi

'O`zbekistonda Ichki ishlar organlari kasbiy xalq tuzilmasiga aylantiriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 2023 yil 20 yanvar kuni "Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga yo`naltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko`ra, "2022-2026 yillarda Yangi O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi"ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash ko`zda tutilgan.

Shuningdek, hujjat bilan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to`g`risida"gi kodeksi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash boshqarmasi to`g`risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Ichki ishlar vazirligida Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash boshqarmasi tashkil etilib, u ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash, tizimining shaffofligini ta`minlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar