Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida fevral oyi o`rtalarida Ukraina poytaxti Kievga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Yomiuri Shimbun gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Bosh vazir Fumio Kisida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o`tkazishni rejalashtirgan.
“Yakuniy qaror mintaqadagi harbiy vaziyatni baholash asosida qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, agar tashrif Kiev va Tokio tomonidan tashkillashtirilsa, Kisida va Ukraina rasmiylari o`rtasida Rossiya harakatlarini qoralaydigan qo`shma bayonot qabul qilinishi ham mumkin.






