Bog`chalar uchun e`lon qilingan ta`til kunlari 23 yanvarga qadar uzaytirilgan edi. 2821-sonli Nizomga muvofiq, mazkur kunlar uchun bog`cha to`lovi undirilmaydi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, agar ta`til e`lon qilingunga qadar to`lovlar to`langan bo`lsa, unda keyingi to`lovlarni amalga oshirish jarayonida ta`til kunlari uchun to`langan badal summasi hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to`lov miqdoriga ko`paytirilib, keyingi oyning to`lov summasidan ayrilib tashlanadi.
Agar kelmagan kunlar uchun to`lov hali amalga oshirilmagan bo`lsa, to`lanishi lozim bo`lgan joriy to`lov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.






