Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi bir necha manzilgohlarda vaqtincha gaz ta`minoti to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bergan.
Bunga Mirzo Ulug`bek tumani Amir Temur mahallasidan o`tgan yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan nosozlik sabab bo`lgan. Nosozlikni bartaraf etish maqsadida, 2023 yilning 22 yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Geofizika, Tabassum, Soybo`yi, Matonat, Bunyodkorlik va Vatan ko`chalarida gaz ta`minoti to`xtatiladi.






