Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahrining Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog`ida joylashgan “Yoshlik” ko`lida yovvoyi o`rdaklar sovuq havo tufayli ko`l suviga, yopishib qolgani, ushbu o`rdaklarga yordam kerakligi aytilgan xabarlar tarqaldi.
Xabarlar bo`yicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi, O`zbekiston Ekologiya partiyasi Navoiy viloyati Kengashi, “Yuksalish” umummilliy harakatining Navoiy viloyati bo`linmasi, O`zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Navoiy viloyati bo`limi hamda Milliy Gvardiyaning Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari ishtirokida o`rganish o`tkazilgan.
O`rganish davomida qushlarni nobud bo`lganlari bor yo`qligini aniqlash maqsadida dron uchirilib, qushlar joyidan qo`zg`atildi. Dron tasvirlariga ko`ra, qushlar orasida nobud bo`lganlari mavjud emasligi aniqlangan. Shuningdek “Yoshlik” ko`lida bugungi kunda yovvoyi o`rdaklar qishlamoqda. Ularni sovuq kunlarda nobud bo`lishini oldini olish maqsadida joriy yilning 18 yanvar kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan ko`l atrofiga don sochilganligi ma`lum qilindi.






