Hukumatning 2022 yil 12 apreldagi tegishli qaroriga asosan, eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilangan:
— 2010 yilgacha bo`lgan davrda berilganlari — 2023 yil 31 martgacha;
— 2010-2012 yillarda berilganlari — 2023 yil 30 iyungacha;
— 2013-2015 yillarda berilganlari — 2023 yil 30 sentyabrgacha;
— 2015 yildan keyin berilganlari — 2023 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.






