Joriy yilning 23 yanvaridan e`tiboran barcha oliy va professional ta`lim muassasalari, akademik lisey talaba-o`quvchilari uchun dars mashg`ulotlari an`anaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta`lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o`quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, talaba-o`quvchilarning o`z ta`lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo`l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.






